1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Urushda 315 ming rossiyalik halok bo‘ldi va jarohat oldi

Bu haqda AQSH razvedkasi maʼlumotlariga tayanib Reuters hamda CNN xabar bermoqda.

Urushda 315 ming rossiyalik halok bo‘ldi va jarohat oldi

 

Rossiyaning Ukraina bilan urushdagi yo‘qotishlari halok bo‘lgan va jarohat olgan 315 ming kishini tashkil etadi, deb xabar qilmoqda Reuters hamda CNN AQSH razvedka maʼlumotlariga tayanib.

 

Razvedka maʼlumotlari bilan tanish bo‘lgan nashr manbalarining taʼkidlashicha, Rossiya qurolli kuchlarining shaxsiy tarkib va zirhli texnikadagi yo‘qotishlari «mamlakatning harbiy modernizatsiyasini 18 yilga orqaga surdi».

 

Amerika razvedkasi maʼlumotlariga ko‘ra, Ukrainaga qarshi urush boshlanganda Rossiya armiyasida 3500 ta tank bo‘lgan, shundan 2200 tasi yo‘q qilingan. Bundan tashqari, 13600 ta piyoda jangovar mashina va bronetransportyordan 4400 tasi yo‘q qilingan, bu ularning 32 foizini tashkil etadi.

 

Shu kuni AQSH Milliy xavfsizlik kengashi vakili Edriyenn Uotson 2023 yil oktyabr-noyabr oylarida Rossiya armiyasida Avdiyivka yaqinidagi hujum chog‘ida 13 ming kishi halok bo‘lgan va yaralangani, 220 dan ortiq zirhli texnika yo‘qotilganini maʼlum qildi. Rossiya va Ukraina urushdagi yo‘qotishlari haqida rasmiy maʼlumot bermayapti.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика