
"Usmon Nosir ayni ijodiy kuch-quvvatga to‘lgan 25 yoshida qamalib, qatag‘on qilingan. Shoir umrini qamoqxonalarda azob-uqubatda o‘tkazib, 1944 yili 32 yoshida vafot etadi.
Usmon Nosir bir sheʼrida: “Bargdek uzilib ketsam, unutmas meni bog‘im”, deb yozgan edi. Albatta, u “bog‘” deganda, jonajon Vatanini, bag‘rikeng xalqimizni nazarda tutganini anglash qiyin emas", - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Namangan, Farg‘ona ва Andijon viloyatlarida bo‘lishi haqida xabar berilgandi.


