1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Uyda o‘tiring: ID-karta va “zagranpasport” yetkazib beriladi

Bu muhokamaga qo‘yilgan Qonun loyihasida belgilandi.

Uyda o‘tiring: ID-karta va “zagranpasport” yetkazib beriladi

 

Qonun loyihasiga ko‘ra, 2022-yil 1-dekabrdan boshlab migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish, shuningdek, avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish sohasidagi davlat xizmatlari qo‘shimcha to‘lov asosida planshet yoki kompyuterga o‘rnatilgan texnik qurilmalar yordamida xizmat ko‘rsatuvchi xodimni uyiga chaqirish yo‘li orqali ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi.

 

Shuningdek, migratsiya va transportni ro‘yxatga olish sohasidagi davlat xizmatlarini qo‘shimcha to‘lov asosida ko‘rsatishda yagona Call center hamda dasturiy taʼminot (mobil ilova)dan foydalaniladi.

 

Tayyor identifikatsiyalovchi ID-karta va xorijga chiqish biometrik pasporti, shuningdek, avtotransport vositasi ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va davlat raqam belgilari fuqarolarning xohishiga ko‘ra pochta orqali yoki qo‘shimcha to‘lov asosida doimiy yashash yoki turgan joyiga yetkazib berish xizmati joriy etiladi.

 

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi davlat xizmatlari doimiy yashash yoki turgan joyiga chiqish orqali ko‘rsatilgan xizmat uchun qo‘shimcha to‘lov undirilmagan holda ko‘rsatiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика