1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

"Uyda yolg‘iz" filmining navbatdagi yangi qismi suratga olinmoqda

Disney kompaniyasi dunyoga mashhur "Uyda yolg‘iz" filmining navbatdagi yangi qismini suratga olmoqda.

"Uyda yolg‘iz" filmining navbatdagi yangi qismi suratga olinmoqda

 

Kompaniya maʼlumotlariga ko‘ra, mazkur film "Home Sweet Home Alone" nomi ostida joriy yil 12 noyabr Disney+ striming servisida namoyish etiladi. Film syujetida yangi yil arafasidagi qiziqarli voqealar takrorlanadi. Yangi filmdagi qahramonning ismi Kevin emas Maks, uning oilasi Chikagoga emas Yaponiyaga ketadi. Bu safar bosh qahramonni "bezori o‘g‘rilar" emas, avantyuristlar taʼqib qiladi.

 

"Uyda yolg‘iz" filmining mashhur qahramoni Makoley Kalkin yangi filmda suratga tushmaydi, lekin uning muxlislari epizodda bo‘lsa-da sevimli aktyorini ko‘rishni xohlaydi, deyiladi xabarda. Kinokartinada bosh rolni britaniyalik 12 yoshli aktyor Archi Yeyts ijro etmoqda. Filmning postanovkachi rejissyori esa Den Mazer.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика