UzAuto Motors axborot xizmatining xabar berishicha, oriy yilning joriy yilning 4-avgust kunidan boshlab deyarli 51 mingga yaqin Chevrolet Cobalt, Lacetti, Labo va Damas avtomobillari uchun shartnomalarga to‘lov amalga oshirilgan.
"Kompaniya ishlab chiqarish jadvaliga muvofiq savdo tizimini joriy etganligi sabab, tuzilgan shartnomalar bo‘yicha barcha avtomobillar 2023-yilda o‘z egalariga topshiriladi. Keyinchalik bu muddat 3 oydan oshmaydi", — deyiladi rasmiy munosabatida.
Qayd etilishicha, kutish vaqtining uzayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun 2024 yilda ishlab chiqarilgan avtomobillar kontraktatsiyasi haqida keyinroq kompaniya rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi.


