“UzAuto Motors” xabariga ko‘ra, birinchi milliy krossover Chevrolet Tracker avtomobilining sotuvi boshlandi. Avtomobil narxlari quyidagicha belgilandi:
- Boshlang‘ich komplektatsiya — 179 000 000 so‘m;
- LS komplektatsiya — 209 000 000 so‘m;
- LTZ komplektatsiya — 229 000 000 so‘m;
- Premier komplektatsiya — 249 000 000 so‘m.
“Chevrolet Tracker avtomobilini “UzAuto Motors”ning rasmiy saytida nomlari keltirilgan avtorizatsiyadan o‘tgan dilerlik markazlarida sotib olishingiz mumkin. Shuningdek, ushbu dilerliklarda avtomobil bilan tanishish hamda texnik xususiyatlarini o‘rganish uchun test-drayv ham mavjud”, deyiladi xabarda.


