1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

"UzAuto Motors" narxlar oshishiga rasmiy munosabat bildirdi

Kompaniya “Cobalt” va “Lacetti” narxlari oshishi haqidagi xabarlar yolg‘on ekanini tasdiqladi.

"UzAuto Motors" narxlar oshishiga rasmiy munosabat bildirdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda 1 iyundan boshlab “Damas”, “Labo”, “Cobalt” va “Lacetti” avtomobillarining yangilangan versiyasini taqdim qilishi, “Cobalt” va “Lacetti” narxlari esa 20-23 ming dollardan boshlanishi haqida xabarlar tarqaldi.

 

"UzAuto Motors" ushbu xabarlarga rasmiy munosabat bildirib, bu bo‘yicha hech qanday maʼlumot taqdim qilmaganini qayd etdi.

 

"Ushbu maʼlumotlar hech qanday asosga ega emas va yolg‘onligini taʼkidlab o‘tish kerak. Kompaniya va mahsulotlar narxi haqida rasmiy sahifalarimiz orqali bilib olishingiz mumkin", — deyiladi munosabatda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика