1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

UzAuto Motors shartnoma berishni to‘xtatdi

Lacetti, Cobalt va Damas uchun yil oxirigacha mo‘ljallangan sotuv limiti to‘lgani aytildi.

UzAuto Motors shartnoma berishni to‘xtatdi

 

Chevrolet Lacetti, Cobalt va Damas avtomobillarining 2023 yil uchun qo‘shimcha partiyasiga kontraktatsiyaning dastlabki 2 kunida to‘liq shartnoma tuzildi, deya maʼlum qildi UzAuto Motors.

 

“4-5 avgust kunlari ushbu avtomobil modellarini xarid qilish uchun 50 000 dan ortiq shartnoma imzolandi. Qolaversa, sizga shuni maʼlum qilamizki, shartnomalarning bir qismi bo‘yicha to‘lov o‘z vaqtida, 7 kalendar kundan keyin amalga oshirilmasa, ushbu shartnomalar yana qayta kontraktatsiya uchun ochiq bo‘ladi”, – deyiladi xabarda.

 

Kompaniyaning kechagi eʼlonida “ishlab chiqarish liniyalarida amalga oshirilgan modernizatsiya ishlari, shuningdek zavod faoliyati samaradorligining oshishi hisobiga” 2023 yilda qo‘shimcha 50 ming dona avtomobil ishlab chiqarish imkoni yaratilgani xabar qilingan.

 

Avtomobillarga qo‘shimcha opsiyalar qo‘shilib, narxlar oshirildi. Shu bilan birga, kompaniya savdoni ishlab chiqarish jadvaliga moslashtirishi, bundan maqsad “avtomobillarni yetkazib berish muddatini qisqartirish” ekani aytildi.

 

Eʼlondan keyin, 4 avgust kuni oqshomdan boshlab Uzavtosavdo onlayn platformasi katta muammolar bilan ishlay boshladi, 5 avgust kuni tongdan esa avtosalonlarda katta navbatlar, tiqilinch va janjallar yuzaga keldi.

 

Maʼlumot o‘rnida, UzAuto Motors eng xaridorgir uchta modeli – Lacetti, Cobalt va Damas uchun shartnoma berishni 2022 yil dekabr oyi boshida to‘xtatgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика