1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“UzAuto Motors”da avtomobillar narxi pasayadi

Bu haqda kompaniya rasmiy xabar berdi.

“UzAuto Motors”da avtomobillar narxi pasayadi

 

UzAuto Motors 17-yanvardan boshlab avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha avtomobillarni yetkazib berishni qayta tikladi. Bu haqda kompaniya rasmiy kanalida xabar qilindi.

 

Qayd etilishicha, 2023-yildan boshlab QQS stavkasining 15 foizdan 12 foizgacha pasaygani munosabati bilan xaridorlarga avtomobil narxi pasayadi.

 

Avtomobil narxining pasayishi bugungi kunga qadar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tuzilgan hamda shartnoma shartlariga muvofiq to‘lovni amalga oshirgan amaldagi shartnomalarga nisbatan qo‘llanadi.

 

Xaridorlarlar shartnoma bo‘yicha avtomobil narxining qanchaga pasayganligi haqida maʼlumot olish uchun o‘z dilerlik markaziga murojaat qilishi so‘ralgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика