1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

Uzoq umr ko‘rish siri nimada?

110 yoshli erkak o‘z tavsiyalarini berdi.

Uzoq umr ko‘rish siri nimada?

Yaqinda 110 yoshga to‘lgan amerikalik Vinsent Dransfild sutni uzoq umr ko‘rish garovi ekanini aytdi.

 

Erkak 1914 yilda tug‘ilgan. Uning yoshligi Buyuk Depressiya davriga to‘g‘ri keldi, lekin fermada ishlagani uchun yaxshi ovqatlangan va ko‘p sut ichgan. Erkak o‘zining uzoq umr ko‘rishini sut bilan bog‘liq deb hisoblaydi.

 

Amerikalik otaxon uzoq umr ko‘rishining yana bir sababi sifatida faol hayot tarzini ko‘rsatdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u hech qachon sport bilan shug‘ullanmagan, lekin ko‘p ishlagan.

 

Erkak 60 yildan ortiq vaqt davomida avtomexanik bo‘lib ishlagan va 80 yoshida nafaqaga chiqqan, shuningdek, Litl-Folsning yong‘in bo‘limida ko‘ngilli bo‘lib 80 yil xizmat qilgan. U hali ham mashina haydab, o‘ziga qaraydi, yaqinlari esa haftada bir marta uni yo‘qlab turishadi. Vinsent Dransfildning bir o‘g‘li, uch nabirasi va yetti evarasi bor.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика