1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

"Uzuklar hukmdori" va "Titanik" filmlarida rol ijro etgan aktyor vafot etdi

Aktyor 79 yoshda edi.

"Uzuklar hukmdori" va "Titanik" filmlarida rol ijro etgan aktyor vafot etdi

 

“Uzuklar hukmdori” va “Titanik” filmlaridagi rollari bilan tanilgan britaniyalik aktyor Bernard Xill vafot etdi. Bu haqda Britaniyaning The Daily Mail gazetasi xabar berdi. Aktyor 79 yoshda edi.

 

“Titanik” va “Uzuklar hukmdori” filmlarida suratga tushgan Bernard Xill 79 yoshida vafot etdi”, — deb yozadi gazeta. Xill 5 may kuni erta tongda vafot etdi, dedi nashrga aktyorning agenti.

 

Aktyor “Uzuklar hukmdori” trilogiyasidagi Qirol Teoden roli bilan mashhur bo‘ldi. U shuningdek, kapitan Edvard Smit rolini o‘ynagan “Titanik” filmida ham suratga tushgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика