1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Uzum yetishtiruvchilar “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali xorijiy mamlakatlarda stajirovkadan o‘tishadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdi.

Uzum yetishtiruvchilar “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali xorijiy mamlakatlarda stajirovkadan o‘tishadi

 

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda jami 48ta tuman uzumchilikka ixtisoslashtiriladi.

• Ixtisoslashtirilgan tumanlardagi 156 ming gektar maydonda (shu jumladan 2021 yilda 50 ming gektar) uzumzorlarni barpo etishdan boshlab, ularni isteʼmolchiga yetkazishga qadar uzluksiz tizim yaratiladi.

• 2021 yilning 1 avgustidan boshlab qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari (sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan (lalmi) yerlar) tokzorlar barpo etish va uzumchilikni rivojlantirish uchun ochiq tanlov asosida ijaraga beriladi.

• Ochiq tanlovga yer uchastkalari dehqon xo‘jaliklari tashkil etgan holda tokzorlar barpo etish uchun – 0,06 – 1 gektar o‘lchamlarda, yaxlit konturda yirik tokzorlar barpo etish uchun 1 - 30 gektar o‘lchamlarda chiqariladi.

• 2021 yilning 1 sentyabridan boshlab, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda ikki nafardan o‘n nafargacha xodimlardan iborat, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan, uzumchilikni rivojlantirish bo‘yicha doimiy loyiha ofislari tashkil etiladi.

• Hududlarning tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, uzum yetishtirish, uni quritish, qadoqlash, qayta ishlash, tayyor mahsulot ishlab chiqarish hamda eksport qilishning to‘liq siklini yaratish maqsadida uzumchilik va vinochilik klasterlari tashkil etiladi.

• 2022 yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba uzumchilik yo‘nalishida “eng yaxshi uzum navi”, “eng yaxshi intensiv tokzor”, “eng yaxshi mahalliy uzum navi”, “eng yaxshi vino mahsuloti” kabi nominatsiyalarda o‘tkaziladigan respublika ko‘rik tanlovi taʼsis etiladi.

• 2022 yilning 1 yanvaridan boshlab mahalliy ishlab chiqarilgan uzum va meva-rezavorlardan tayyorlangan tabiiy ravishda achitilgan tabiiy vino (etil spirti qo‘shilmagan holda) va ko‘piklanadigan vinoning 1 daliga aksiz solig‘i 1 so‘m etib belgilanadi.

• 2021-2022 yillarda uzumning hosildorligi yuqori, sovuqqa va kasallikka chidamli hamda danaksiz yangi navlarini yaratish maqsadida Rossiya, Chili, Turkiya, Italiya va boshqa mamlakatlarning ilmiy muassasalari bilan hamkorlik tashkil etiladi.

• “El-yurt umidi” jamg‘armasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda 2022 yil 1 martga qadar ilmiy xodimlar, soha mutaxassislari hamda uzum yetishtiruvchilar va qayta ishlovchilarni “El-yurt umidi” jamg‘armasi hamda xalqaro moliya institutlari grant mablag‘lari hisobiga uzumchilik rivojlangan xorijiy mamlakatlarga uzoq va qisqa muddatli stajirovka, malaka oshirish va o‘qishga yuborish choralarini ko‘radi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика