Prigojin va uning yollanma askarlari hali ham Kremlga tahdid solmoqda, deyiladi Amerika urushni o‘rganish institutining kundalik (ISW) bayonotida.
"Putin Vagner va Prigojinga Rossiyada faoliyat yuritishlariga ruxsat berishda davom etmoqda va uning rejimiga potensial xavf tug‘dirmoqda", — deydi ISW ekspertlari.
Shuningdek, mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, qo‘zg‘olondan ikki hafta o‘tgach ham, Prigojin va uning qo‘mondonlar Rossiya bo‘ylab erkin harakatlanishmoqda. Putin yo Prigojinning sodiqligiga juda ishonadi yoki u “Vagner”ga qarshi chora ko‘rishga qodir emas, deydi ISW ekspertlari.


