Polshada chop etilgan Afg‘oniston banknotlarining birinchi partiyasi poytaxtga yetib keldi.
Qayd etilishicha, jami 3,5 mlrd dollarga teng afg‘on banknotlaridan iborat yana bir nechta jo‘natmalar yetkazib beriladi.
Eslatib o‘tamiz, rasmiylar yaroqsiz banknotlarni Afg‘oniston moliya tizimidagi eng katta muammolardan biri deb atagan – ularni shunchaki davlat muassasalari va do‘konlarida qabul qilishdan bosh tortishgan.


