Vazirlar Mahkamasining 27 fevral №82 sonli qarori bilan:
Sharifbek Shamsiddinovich Hasanov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasining boshlig‘i lavozimidan;
Ikrom Axmatovich Sariboyev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasining Madaniy meros obyektlarini saqlash va asrashga doir ishlarni nazorat qilish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimidan;
Ermat Azimovich Ashirbayev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish masalalari shuʼbasining Kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimidan ozod qilindi.


