1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Media

Vazirlik "Madaniyat va maʼrifat" telekanali o‘zlashtirilayotganini tasdiqladi

Ushbu telekanal barcha xodimlari bilan Madaniyat va turizm vazirligiga o‘tkazilib, nomi “Karvon” deb atalishi ziyolilar tomonidan ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Vazirlik "Madaniyat va maʼrifat" telekanali o‘zlashtirilayotganini tasdiqladi

 

Taklif etilgan loyihaga ko‘ra, yuqoridagi telekanal vazirlik tasarrufiga olinadi. Uning mazmuni saqlanib qolishi aytilgan, shu bilan birga ko‘ngilochar dasturlar ham qo‘shiladi

 

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, ayniqsa, ziyoli qatlam vakillari bunga astoydil qarshi chiqqan. Ayrim fikrlarga ko‘ra, turizmni rivojlantirish maqsad bo‘lsa, "Dunyo bo‘ylab" kanalini o‘zlashtirish mumkinligi aytilgan.

 

Hatto tarmoqda "Madaniyat va maʼrifat" telekanali yopilishiga qarshiman!" nomli chellenj ham boshlangan.

 

Bugun vazir Ozodbek Nazarbekov ushbu muhokamalarga munosabat bildirarkan, telekanal o‘zlashtirilayotganini inkor etmagan. Aksincha, uni rivojlantirishda ziyolilarni hamkorlikka chaqirgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика