Vengriya yana bir bor Yevropa Ittifoqidan Rossiyaga nisbatan joriy qilgan sanksiyalarini yumshatishni talab qilmoqda. Budapesht to‘qqiz kishini sanksiyalar ro‘yxatidan olib tashlashni so‘ragan.
Vengriya tomoni Alisher Usmonov, Petr Aven va Viktor Rashnikov kabi Putinga yaqin oligarxlarni qora ro‘yxatdan chiqarilishini istamoqda. Mamlakat sentyabr oyidayoq ularni sanksiyalardan chiqarishga harakat qilgan, biroq siyosiy bosimdan keyin orqaga qaytgan.
Avvalroq Yevropa Ittifoqi fevral oyida Belarus va Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni qabul qilishi mumkinligini xabar qilgandi.


