Vengriya Rossiya bilan umumiy chegaraga ega bo‘lishni istamaydi, chunki u Sovet Ittifoqi bilan chegaradosh bo‘lgan vaqtlari haqida yomon xotiralarni saqlab qolgan.
Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Pragada Vishegrad guruhi mamlakatlari – Polsha, Slovakiya va Chexiya vazirlari uchrashuvi yakunlari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida yuqoridagi fikrlarni keltirib o‘tdi.
"Vengriya milliy xavfsizligining eng muhim tamoyillaridan biri shundaki, bizning sharqimizda Rossiya va Vengriya o‘rtasida joylashgan subyekt bo‘lishi kerak. Shunda, biz Vengriyaning milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda Ukrainaga yordam beramiz", — deya Orban so‘zlaridan iqtibos keltiradi MTI axborot agentligi.


