Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etishni to‘xtatish kerak. Bu haqda Vengriya bosh vazirining siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Balaj Orban maʼlum qildi.
“Oxir-oqibatda ushbu nizoda Yevropa iqtisodiy muammolar tufayli mag‘lub tomonga aylanadi. Biz sanksiyalar joriy etish jarayonini to‘xtatishni taklif qilamiz. Hozirda qanchalik ko‘p cheklov joriy etsak, shunchalik og‘ir ahvolga tushayotganimizni ko‘rish mumkin. shuning uchun muzokaralar, o‘t ochishni to‘xtatish va tinch diplomatiya vaqti keldi. Bizning qarorimiz shundan iborat”, – degan u “Reuters” agentligiga bergan intervyusida.
Shu bilan birga siyosatchi sanksiyalar Rossiya iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazmagani hamda Ukrainadagi nizoni to‘xtatmaganiga eʼtibor qaratgan.
Avvalroq Avstriya Rossiya gaziga sanksiya qo‘yilishiga qarshi ekanini maʼlum qilgandi.


