Endi faqatgina Ukrainaning urushdan bevosita zarar ko‘rgan hududlaridan kelganlar imtiyozli uy-joy va ijtimoiy nafaqa olishlari mumkin bo‘ladi. Bu hududlarga Dnepropetrovsk, Donesk, Zaporoje, Nikolayev, Odessa, Sumi, Xarkov, Xerson, Chernigov, Lugansk, Jitomir, Kiyev viloyatlari va Kiyev, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi tomonidan anneksiya qilingan Sevastopol va Qrim yarim oroli kiritilmoqda.
Yangi qoidalar Vengriya hukumati ro‘yxatiga kiritilmagan hududlardan kelgan qochqinlarni avtomatik ravishda mamlakatdan chiqarib yuborishni anglatmaydi. Ammo 21-avgustdan boshlab Ukrainadan kelganlarga ijaraga uy bergan fuqarolarga davlat subsidiyalari berilmaydi.
Qaror oqibatda Vengriyadagi minglab ukrainaliklar boshpanasiz qolishi va o‘z vatanlariga qaytishga majbur bo‘lishi mumkin.


