Vashington Rossiyani o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralardan qochishda aybladi.
AQSh vitse-prezidenti J.D. Vensning Fox News telekanaliga bergan bayonotiga ko‘ra, Rossiya so‘nggi haftalarda nafaqat Ukraina vakillari bilan ikki tomonlama muzokaralarda, balki AQSh prezidenti Donald Tramp ishtirokida o‘tishi mumkin bo‘lgan uchrashuvlarda qatnashishdan ham bosh tortgan.
“Qo‘shma Shtatlar o‘t ochishni to‘xtatishga intilmoqda, biroq bu jarayon uchun ikki tomonning ham tayyorligi zarur. Rossiya esa muzokaralardan qochib kelmoqda”, — dedi Vens.
Uning aytishicha, Moskva hatto prezident yoki boshqa yuqori martabali rasmiylar ishtirokidagi uch tomonlama muloqotdan ham bosh tortgan.
Shuningdek, Vens AQSh Ukrainaga “Tomagawk” rusumli qanotli raketalarni yetkazib berish masalasi muhokama qilinayotganini tasdiqladi. Yakuniy qaror prezident Tramp tomonidan qabul qilinadi.
The Wall Street Journal xabariga ko‘ra, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Nyu-Yorkka tashrifi davomida Trampdan 2500 km masofagacha uchish imkoniyatiga ega bo‘lgan “Tomagawk” raketalarini so‘ragan. Avvalroq Axios manbalari Kiyevning bunday so‘rovlarni bir necha bor bildirgani, biroq rad javobi olganini ma’lum qilgan edi.


