Transport vazirligi xabariga ko‘ra, 2023-yil ikkinchi choragi yakuni bo‘yicha norentabel avtobus yo‘nalishlaridan ko‘rilgan 7 mlrd 285,1 mln so‘m zarar yo‘lovchi tashuvchilarga qoplab berildi.
Qayd etilishicha, Namangan viloyatida 1728,8 mln so‘m, Farg‘ona viloyatida 1564,1 mln so‘m, Andijon viloyatida 1036,4 mln so‘m, Toshkent viloyatida 986,4 mln so‘m, Xorazm viloyatida 619,2 mln so‘m, Navoiy viloyatida 510,4 mln so‘m, Samarqand viloyatida 339,8 mln so‘m, Jizzax viloyatida 236,5 mln so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 138,3 mln so‘m, Surxondaryo viloyatida 82,2 mln so‘m, Buxoro viloyatida 43,0 mln so‘m mablag‘ qoplab berilgan. Qolgan viloyatlarda yo‘lovchi tashuvchilar tomonidan ko‘rilgan zarar miqdori bo‘yicha hisob-kitoblar topshirilmagan.


