1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Viloyatliklarni haqoratlagan qiz o‘zi viloyatlik bo‘lib chiqdi

Unga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Viloyatliklarni haqoratlagan qiz o‘zi viloyatlik bo‘lib chiqdi

Viloyatliklarni haqorat qilgan yana bir qizga maʼmuriy jazo qo‘llandi. Bu haqida Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida yashovchi 20 yoshli qiz 20 iyul kuni Instagram‘dagi sahifasida viloyatliklarni haqorat qilgan. U to‘g‘ridan to‘g‘ri efir vaqtida axloq qoidalarini mensimagan holda behayo so‘zlar bilan viloyatlarda yashovchi aholining shaʼni va qadr-qimmatini qasddan kamsitgan. Qizning ushbu harakatlari ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilarining jiddiy noroziligiga sabab bo‘lgan.

 

Bundan tashqari, S.R. holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazish uchun Chirchiq shahar IIB XPG profilaktika inspektori kelganida ko‘chada baqir-chaqir qilib, jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzgan holda mayda bezorilik sodir etgan. 

 

S.R. sudda viloyatliklarga nisbatan haqoratli so‘zlarni salbiy fikr bildirgan kuzatuvchilariga javob tariqasida aytib yuborganligini, bu qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini taʼkidlagan. U barchadan uzr so‘rashini aytgan va suddan o‘ziga nisbatan yengillik berishni so‘ragan. 

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudining qarori bilan S.R. Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida (Mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga nisbatan 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика