1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Vinisius “Oltin to‘p”ni nega qo‘lga kirita olmadi?

Sovrin “Manchester Siti” aʼzosi Rodriga nasib etdi.

Vinisius “Oltin to‘p”ni nega qo‘lga kirita olmadi?

 

Vinisius Junior “Oltin to‘p”ni qo‘lga kirita olmadi. Garchi butun jamoatchilik bunga deyarli oxirigacha ishongan edi. Sovrinni "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri oldi. Norozilik belgisi sifatida "Real Madrid" hujumchisi butun jamoa bilan birga marosimda ishtirok etmadi. Aslida "Oltin to'p" g'olibi qanday aniqlandi? Vinisius mazkur sovrinni qo'lga kiritishi haqida birinchi bo'lib "Marca" nashri yozdi. Shundan keyin hamma bunga ishonch hosil qildi.

 

24-sentyabr kuni Madridning asosiy sport nashri "Marca" buni barchaga ma'lum qildi. Unga ko'ra, "Real Madrid" hujumchisi mavsumning eng yaxshi futbolchisi sifatida tanlanishi haqida bildirishnoma olgan. "Nike" esa allaqachon uning uchun noyob oltin butsalar ishlab chiqarishni boshlagan. Shuningdek, Madridda poyabzallar sotiladigan yangi do'kon ochish rejalashtirilgan edi.

 

9-oktyabr kuni "Relevo" nashri “Real Madrid” Vinisius mukofotni olishiga ishonch hosil qilgani haqida xabar berdi. Klubning marketing bo'limi bayramni o'tkazish va ijtimoiy tarmoqlarda qanday taqdim etilishini o'ylab ko'rgan. Shuningdek, Vini bilan Parijga borishga delegatsiya ham belgilangan. Umuman olganda, hamma narsa shunga tayyor edi. 20-oktyabr kuni "As" gazetasi qo'shimcha saifatida, "Real Madrid" Vinisiusning g'alabasiga to'liq ishonishini bildirgan. Garcha bunga hech qanday rasmiy izoh mavjud emas edi. Taxminan o'sha kunlari klub vakillari ommaga chiqish qilib, futbolchining mukofoti haqida gapira boshlashdi.

 

"O'ylashimcha, u dortmundliklarga qarshi o'yin uchun emas, balki o'tgan mavsumda qilgan ishlari tufayli sovrinni qo'lga kiritadi. Bu uchta gol unga kelasi yil g'alaba qozonishda yordam beradi”, - dedi Anchelotti 2024-yilning 22-oktyabridagi intervyusida.

 

26-oktyabr kuni o'sha "Marca" nashri "Real Madrid" Parijga boradigan delegatsiyani aniqlagani haqida xabar bergan edi. Uni Florentino Peres va Anchelotti boshlab boradi. Marosimda Vinisius, Jud Bellingem, Federiko Valverde va Andrey Lunin ishtirok etishi qayd etilgan.

 

Shundan so'ng, bu ma'lumotni "Real Madrid" futbolchisining o'zi ham tasdiqladi. U dushanba kuni Parijga “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish uchun ketayotganini aytgan. Kecha ertalab "Daily Mail" nashri yakuniy ovoz berish ro'yxatining fotosuratini e'lon qildi. Biroq, bu hali o'zining rasmiy tasdig'ini topmagan edi. Shundan keyin eng hayratlanarli xabarlar chiqa boshladi. Birinchidan, "RMC Sport" jurnalisti Fabris Xokins Vinining atrofidagilar uning mukofotni olmasligiga ishonchlari komil ekanliklarini xabar qildi. Uning hamkasbi Xose Luis Sanches va zamonamizning asosiy insayderi Fabritsio Romanodan so'ng Rodri ovoz berishda birinchi o'rinni egallagani ma'lum bo'ldi. Vinisius esa ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

 

"Marca" nashrining xabariga ko'ra, klub yakuniy ma'lumotni Madriddan ketishdan bir necha soat oldin olgan. Natijani bilib, Vinisius marosimga borishdan bosh tortgan. Uni delegatsiyaning qolgan a’zolari qo‘llab-quvvatlashgan. Umumiy ro'yxatda Vinisius ikkinchi, Bellingem uchinchi va Karvaxal to‘rtinchi o‘rinni qo'lga kiritdi. "Real Madrid" yilning eng yaxshi jamoasi deb tan olindi, Anchelotti esa eng yaxshi murabbbiy bo'ldi. Biroq, bu klubga ijobiy kayfiyat bermagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика