JSSTga ko‘ra, 2022 yilda gepatit V va S birgalikda 1,3 million kishining o‘limiga sabab bo‘ldi. 304 millionga yaqin odam surunkali virusli gepatit infeksiyasi bilan yashaydi.
Har kuni 3500 kishi gepatit V va S infeksiyasidan vafot etadi. Bu har 30 soniyada gepatitdan bir o‘lim demakdir.
Har kuni 6000 dan ortiq odam virusli gepatitni yuqtiradi.
Maʼlumot uchun, gepatit jigarning yallig‘lanishidir. Uni odatda virusli infeksiya yoki yuqumli bo‘lmagan agentlar (giyohvand moddalar, toksinlar, alkogol kabi) keltirib chiqaradi.
Virusli gepatitning A, B, C, D va E turlari deb ataladigan 5 ta asosiy shtammi mavjud. Ularning barchasi jigar kasalliklarini keltirib chiqarsa-da, ular muhim ko‘rsatkichlar bo‘yicha, jumladan, o‘tish usullari, kasallikning og‘irligi, geografik tarqalishi va ularning oldini qanday qilib olish mumkinligiga qarab farqlanadi.
Gepatitning V va C turlari surunkali kasalliklarga olib keladi va birgalikda jigar sirrozi, jigar funksiyasining yo‘qotilishi, jigar saratoni va virusli gepatit bilan bog‘liq o‘limning eng keng tarqalgan sababidir.
Dunyo miqyosida gepatit tashxisi qo‘yilgan va davolanmayotgan juda ko‘p odamlar bor.
Gepatit V turi bilan kasallangan 220 millionga yaqin odamga tashxis qo‘yilmagan, Gepatit S turi bilan kasallangan deyarli 36 millionga yaqin odamga ham tashxis qo‘yilmagan.
Ko‘pgina alomatlar faqat kasallikning kechki bosqichida paydo bo‘ladi, bunda ko‘pchilik odamlarda gepatit V yoki S borligi ularda jiddiy jigar kasalligi yoki saraton rivojlanganidagina aniqlanadi.
Hatto tashxis qo‘yilgandan keyin ham gepatit bilan yashayotgan odamlarni davolash va parvarish qilishning qamrovi hayratlanarli darajada past.
Gepatit V va S turi bilan kasallangan 304 million kishidan atigi 7 millioni gepatit V va 12, 5 millioni gepatit S turidan davolanadi.


