Bugun O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi delegatsiyasini qabul qildi.

Delegatsiyaga 2021-yil 24-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish bo‘yicha DIIHB missiyasiga rahbarlik qilgan Eogan Merfi boshchilik qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Norov Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadigan vazirlar uchrashuvida qatnashishi xabar qilingandi.


