1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni 65 yoshi bilan tabrikladi

Rossiya yetakchisi Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lidagi davlatchilik faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni 65 yoshi bilan tabrikladi



24-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi.


Suhbat avvalida Rossiya yetakchisi O‘zbekiston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat hamda O‘zbekistonning barqaror taraqqiyoti va ravnaqi yo‘lidagi davlatchilik faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.


Shuningdek, Vladimir Putin kuni kecha Shavkat Mirziyoyevni do‘stlik va ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashdagi katta xizmatlari uchun Aleksandr Nevskiy ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida farmon imzolangani haqida xabar berdi. Davlat rahbari Rossiya Prezidentiga O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining bugungi darajasiga yuksak baho bergani va ularni yanada mustahkamlash masalalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.


Oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi ko‘rib chiqildi. Hukumatlararo darajada yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlik mexanizmlari doirasida, shu jumladan savdo-iqtisodiy hamkorlikning yuqori sur’atini ta’minlash va ustuvor kooperasiya loyihalarini ilgari surish maqsadida birgalikdagi faol ishlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.


O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari hududlar o‘rtasidagi samarali aloqalar va almashinuvlarni ham mamnuniyat bilan qayd etib, ularni yanada kengaytirish lozimligini ta’kidladilar.


Mintaqaviy kun tartibiga alohida e’tibor qaratildi. Joriy yil sentyabr oyida Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика