1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Vladivostokdagi o‘zbekistonliklar saylovda ovoz berib bo‘lishdi

Bu haqda MDH Parlamentlararo Assambleyasi maʼlum qildi.

Vladivostokdagi o‘zbekistonliklar saylovda ovoz berib bo‘lishdi

 

Bugun Rossiyaning Vladivostok shahrida joylashgan saylov uchastkasi o‘z ishini tugatdi. Bu haqda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Parlamentlararo Assambleyasi xabar berdi.

 

Mamlakatning Vladivostokdagi Bosh konsulligi huzuridagi saylov uchastkasi birinchilardan bo‘lib vaqt farqi tufayli (Toshkent vaqti bilan soat 03:00 da) ochildi.

 

Xorijiy saylov uchastkasida ovoz berish jarayonini MDH PA kuzatuvchilari kuzatib borishdi. Qayd etilishicha, saylovlar tinch-osoyishta o‘tgan.Tez orada ovozlarni sanash boshlanadi.

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasida joylashgan prezident saylovini o‘tkazuvchi 37-saylov uchastkasi o‘z ishini boshqa mamlakatlardan oldin boshladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика