Qonunchilikka ko‘ra, tarbiya koloniyalarida mahkumlar yil mobaynida:
➖ 24 marta qisqa muddatli va 8 marta uzoq muddatli uchrashuv;
➖ 24 marta telefon orqali so‘zlashuv;
➖ 12 ta posilka yoki yo‘qlov;
➖ 12 ta banderol olish huquqiga ega.
Voyaga yetmagan mahkumlarga ota-onasi va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bilan uchrashuvlar cheklanmagan miqdorda beriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Voyaga yetmagan farzandini parvarish qilayotgan shaxslarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi to‘lanishi haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova tayyorladi.


