1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Voyaga yetmaganlar uchun jazoni o‘tash muddati qisqartiriladi

Shuningdek, voyaga yetguniga qadar sodir etgan jinoyati uchun jazoni o‘tab bo‘lgan shaxs sudlanmagan deb hisoblanishi mumkin.

Voyaga yetmaganlar uchun jazoni o‘tash muddati qisqartiriladi

 

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 6-iyun kuni bo‘lib o‘tgan majlisida «Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlik yana-da liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 77 va 85-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan ko‘rib chiqildi.

 

Unga ko‘ra, taklif etilayotgan qonun loyihasi bilan shaxsning voyaga yetmagan davrida sodir etgan jinoyati uchun qonun oldida o‘z jazosini to‘liq o‘tab bo‘lgandan so‘ng, uning oqibatlari kelgusi hayotiga taʼsir qilmasligi va o‘z hayotini yangitdan boshlashi uchun imkoniyat berilishini taʼminlash maqsadida voyaga yetguniga qadar sodir etgan jinoyati uchun jazoni o‘tab bo‘lgan shaxs sudlanmagan deb hisoblanishi belgilanmoqda.

 

Shuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosinnig eng kam muddati 6 oydan 1 oyga qisqartirish to‘grisida Jinoyat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilmoqda.

 

Deputatlarning taʼkidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi, voyaga yetmaganlarning jinoiy javobgarligini yana-da liberallashtirib, voyaga yetmaganlik davrida sodir etgan jinoyati uchun jazoni to‘liq o‘tab bo‘lgan shaxsga, o‘z hayotini sudlanganlik tamg‘asidan xoli tarzda yangidan boshlashiga imkon beradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика