Dunyoda bir-ikki oy ichida yirik nizo boshlanishi mumkin. bu haqda Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich maʼlum qildi.
“Fikrimcha, biz “maxsus harbiy operatsiya” bosqichidan katta harbiy nizoga yaqinlashyapmiz. Muammo shundaki, uning chegaralari nomaʼlum va Ikkinchi jahon urushidan buyon sodir bo‘lmagan global to‘qnashuv bir-ikki oydan keyin boshlanishi mumkin”, – degan u RTS nashriga bergan intervyusida.
U yaqin istiqbolda G‘arbning Rossiya va Xitoy bilan munosabatlari yana-da keskinlashishi mumkinligidan xavotir bildirgan.
Avvalroq BMT bosh kotibi yadro tahdidi eng yuqori nuqtaga chiqqanini aytgandi.


