1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Wikimedia fondi 37 ming dollar jarimaga tortildi

Avval ham jamg'arma ishi Rossiya tomonidan bir necha bor sudga oshirilgan.

Wikimedia fondi 37 ming dollar jarimaga tortildi

 

Wikipediya onlayn ensiklopediyasi infratuzilmasini yurituvchi Wikimedia fondi notoʻgʻri maʼlumotlarga asoslangan maqolani olib tashlashdan bosh tortgani uchun uch million rubl miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda

 

Bunga Wikipediyaga joylangan Ukrainadagi maxsus operatsiya, xususan, Xarkov viloyatidagi voqealar haqidagi maqola sabab bo‘ldi. Roskomnadzor materialni olib tashlashni talab qildi, ammo tashkilot bundan bosh tortdi.

 

Natijada Moskva sudi Wikimedia fondini Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 13.41-moddasi 2-qismi (agar sayt egasi tomonidan ma'lumotni yo'q qilish majburiyati qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bo'lsa, uni o'chirmaslik) bo'yicha aybdor deb topdi.

 

Wikimedia jamg'armasi o'chirilishi mumkin bo'lgan ma'lumotlarga kirishni cheklamagani uchun Rossiyada bir necha bor sudga tortilgan. Shunday qilib, avvalroq kompaniya Rossiya Qurolli Kuchlarining 40-injenerlik polki haqida taqiqlangan ma'lumotlarga ega bo'lgan materialni olib tashlamagani uchun ikki million rubl miqdorida jarimaga tortilgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика