The Wall Street Journal nashrining yozishicha, Rossiya Tehronga kuzatuv qurilmalari va dasturiy taʼminot yetkazib berishni boshlagan. Agar avvalroq Kreml faqat “himoya” dasturiy taʼminotini taqdim etish bilan cheklanib qolgan bo‘lsa, Eron dron va o‘q-dorilarni yetkazib bera boshlaganidan so‘ng, qaror o‘zgartirilgan.
WSJ‘ning taʼkidlashicha, Rossiya allaqachon tinglash, kuzatuv va yolg‘on detektori qurilmalarini topshirgan. Bundan tashqari, Moskva Eron bilan mobil telefonlar va boshqa dasturlarni buzish imkonini beruvchi ilg‘or dasturiy taʼminotni baham ko‘rgan.
Shuningdek, nashrning yozishicha, dasturiy taʼminot Rossiyaning "Protey" ilmiy-texnika markazi tomonidan yetkazib berilgan. Ushbu markaz allaqachon Eron rasmiylariga mobil aloqani to‘xtatish imkonini beruvchi dasturiy taʼminotni topshirgan.


