1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

X ijtimoiy tarmog‘i pullik bo‘lishi mumkin

Ijtimoiy tarmoq egasi Ilon Maskning so‘zlariga ko‘ra, bu botlarning katta armiyasiga qarshi kurashish uchun joriy qilinadi.

X ijtimoiy tarmog‘i pullik bo‘lishi mumkin

 

X (sobiq Twitter )dan foydalanish pullik bo‘lishi mumkin. Bu haqda ijtimoiy tarmoq egasi Ilon Mask maʼlum qildi. 

 

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan kechgan jonli efirdagi muloqotida Mask barcha foydalanuvchilardan har oy “oz miqdorda” to‘lov olish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini qayd etgan.

 

“O‘ylashimcha, bu botlarning katta armiyasiga qarshi kurashish mumkin bo‘lgan yagona yo‘l”, — dedi tadbirkor.

 

Maskning tushuntirishicha, botlarni yaratish “arzimas pul” turadi, ammo Twitter‘dan foydalanish uchun “bir necha dollar” yoki “qanchadir miqdor” to‘lash kerak bo‘lsa, bu juda qimmatga tushadi.

 

Shuningdek, u hozirda botlardan foydalanayotgan sunʼiy intellekt odamlarga qaraganda botlarni aniqlash uchun mo‘ljallangan “Saptcha” testlaridan yaxshiroq o‘tishini aytdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика