Amerikalik milliarder va biznesmen Ilon Mask sunʼiy intellektga asoslangan Grok nomli chatbotni ishga tushirishini maʼlum qildi.
U X ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari uchun mavjud bo‘ladi, lekin faqat premium versiyada.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Grok X platformasi orqali real vaqt rejimida maʼlumot olish imkoniyatiga ega, Mask buni “boshqa modellarga nisbatan katta afzallik” deb atadi.
Loyiha tavsifida aytilishicha, Grok "Koinot sayyohlari uchun galaktika bo‘yicha qo‘llanma" modelida yaratilgan bo‘lib, u deyarli hamma savolga javob beradi, u hatto qanday savollar berishni taklif qiladi. U savollarga hazil va hatto kinoya bilan javob bera oladi.
Avvalroq Mask sunʼiy intellekt insoniyat mavjudligi uchun potensial tahdidga aylanganini aytgan edi.


