Shu yilning 31-mart sanasida Hindistonning Gujarat shahrida boshlangan “3rd Gujarat International Open GrandMasters Chess Tournament 2022” xalqaro shaxmat turniri 7-aprel kuni o‘z yakuniga yetdi.
Dunyoning 13 davlatidan 376 nafar shaxmatchi ishtirok etgan turnirda o‘zbekistonlik shaxmatchi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Xalqaro master Ortiq Nig‘matov turnirda 8,5 ochko bilan 1-o‘rinni egalladi.
Shuningdek, xalqaro turnirda qatnashgan yana bir vakilimiz, xalqaro master Abdumalik Abdusalimov esa 8 ochko bilan 5-o‘ringa sazovor bo‘ldi.


