"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Kataloniya klubida 2025-yilgacha qolishga tayyor. Manbaning xabariga ko'ra, yaqin vaqt ichida mutaxassis klub prezidenti Joan Laporta va klubning sport direktori Deko bilan uchrashib, hamkorlikni davom ettirish masalasini muhokama qiladi. Eslatib o'tamiz, yanvar oyi oxirida u "Barselona"ni tark etishini e'lon qilgan edi.
Shu bilan birga, mutaxassisning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025-yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


