1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Ta'lim

"Xayr bog‘cha"ga pul yig‘ish taqiqlandi

Maktabgacha taʼlim agentligi bayonot bilan chiqdi.

"Xayr bog‘cha"ga pul yig‘ish taqiqlandi

 

O‘zbekistondagi bog‘chalarda o‘tkaziladigan har qanday tadbirlar uchun pul yig‘ish qatʼiyan man etiladi. Bu haqda Maktabgacha taʼlim agentligi maʼlum qildi

 

Qayd etilishicha, bog‘chalardagi taʼmirlash, turli tadbirlar (xayr bog‘cha) va bayramlar uchun pul yig‘ish qatʼiyan man etiladi.

 

Agar bog‘chalarda mablag‘ yig‘ish bilan bog‘liq holatlardan xabardor bo‘lgan ota-onalardan (71)-207-04-07 ishonch telefoniga murojaat qilish so‘ralgan.

 

Maʼlumot uchun, hozirda mamlakatda 30 mingga yaqin maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 2 milliondan ziyod o‘g‘il-qiz tarbiyalanmoqda. So‘nggi besh yilda 422 ta davlat bog‘chasi qurilishi hamda 21 mingdan ortiq nodavlat muassasalar ochilishi hisobiga 1 million 200 ming o‘rin yaratilgan. Tizimga bolalarni qamrab olish ko‘rsatkichi 72 foizga yetgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика