Bu haqda Qirg‘iziston Jo‘qorg‘i Keneshining 19 iyun kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida ma'lum qilindi. Qayd etilishicha, loyihaning umumiy qiymati 4,7 mlrd dollarni tashkil etadi. Shundan 2,35 mlrd dollar ishtirokchi davlatlar tomonidan ularning loyihadagi ulushlariga muvofiq taqsimlanadi. Xususan, Xitoy 1,18 mlrd dollar, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning har biri 573 mln dollardan sarmoya kiritishi lozim.
Qolgan 2,35 mlrd dollar Xitoy tomonidan ajratiladigan notijorat kredit hisobidan moliyalashtiriladi. Hozirda bu borada Xitoy Eksimbanki va XXR Milliy banki bilan muzokaralar olib borilyapti. Temiryo‘l qurilishi 6 yil davom etishi mumkin.


