Xitoy Davlat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yil oxirida mamlakat aholisi 2022-yil oxiriga nisbatan 2,08 million kishiga kamaygan. Xitoyda Gonkong, Makao, Tayvan aholisi, shuningdek, xorijliklarni hisobga olmaganda 1,40967 milliard fuqaro roʻyxatga olingan.
Yil davomida 9,02 million bola tug‘ilgan, 11,1 million kishi vafot etgan. Har 1000 kishiga tug‘ilish va o‘lim darajasi mos ravishda 6,39 va 7,87 ni tashkil etgan.
Mamlakatda erkaklar soni 720,32 million, ayollar soni esa 689,35 millionni tashkil etadi.


