Xitoy mudofaa vaziri Li Shanfu Singapurda yillik Shangri-La dialog konferensiyasida so‘zlagan nutqida AQSH mudofaa kuchlari va ularning ittifoqchilari Janubiy Xitoy dengizi mintaqasi hamda unga tutash hududlarni tark etishi kerakligini aytdi. Shuningdek, u XXRni g‘azablantirmaslik kerakligini taʼkidladi.
Li Shanfuning aytishicha, AQSH va uning ittifoqchilarining harbiy-dengiz kuchlari Xitoyga yaqin suvlarda dengiz va havoda xavfli va noprofessional xatti-harakatlarni amalga oshirmoqda. Li Shangfu, shuningdek, agar xorijiy harbiy kemalar Janubiy Xitoy dengizi va unga tutash hududlarda bo‘lsa, Xitoy keskin munosabat bildirishda davom etishini aniq taʼkidladi.
"Do‘stlarimiz kelganda, biz ularni ajoyib vino bilan kutib olamiz. Shoqol yoki bo‘rilar kelganda, biz ularni miltiq bilan kutib olamiz", — dedi Xitoy mudofaa vaziri.


