
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra uning balandligi 100 metrga yetgan. Ofat qadimiy Dunxsan shahrida vayronagarchiliklarni keltirib chiqardi.
Taʼkidlanishicha, Dunxuan shahri Mogao toshlari tufayli YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Shahar Gobi cho‘lida joylashgan bo‘lib, iqlimi keskinligi bilan ham mashhur.
Avvalroq, Xitoyning sharqiy sohillarini Ying-Fa tayfuni qoplagani xabar berilgandi. Dengiz kemalari, temir yo‘l va havo transporti harakati to‘xtatildi.
Nasiba To'xtayeva


