Xitoy harbiy-dengiz kuchlari birinchi marta jangovar samolyotlarni boshqarish uchun ayollarni yollashni boshladi.
Jarayon to'liq tibbiy ko'rikdan o'tishni, shuningdek, psixologik testlarni va boshqa qobiliyatlarni tekshirishni o'z ichiga oladi. Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar aviatsiya akademiyasida bir necha yil tahsil oladi.
Ta’kidlash joizki, dastur mamlakat tarixida birinchi marta oddiy oliy o‘quv yurtlarining ilmiy va muhandislik ixtisosliklari bitiruvchilari, shuningdek, Xitoy harbiy-dengiz flotida harbiy xizmatni o‘tayotgan kollej o‘quvchilari hamda bitiruvchilarni saralashda ishtirok etish imkonini beradi.
OAV ma'lumotlariga ko'ra, mamlakatda aviatashuvchilar sektori rivojlanib borayotgan bir paytda malakali uchuvchilar yetishmasligi sababli ayollar mashg'ulotlarga jalb qilinmoqda.


