1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

Xitoy O‘zbekistonda fotoelektr stansiyalari quradi

O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratovning China Energy kompaniyasi boshqaruvi raisi Song Xayliang bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Xitoy O‘zbekistonda fotoelektr stansiyalari quradi

 

O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratovning China Energy kompaniyasi boshqaruvi raisi Song Xayliang bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, unda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning bugungi holati va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

 

Uchrashuv davomida Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida umumiy quvvati 1000 MVtga teng bo‘lgan fotoelektr stansiyalari va Samarqand viloyatida quvvati 3 million tonna bo‘lgan sement zavodini qurish loyihalarini amalga oshirilishi atroflicha ko‘rib chiqildi.

 

Tomonlar ushbu obyektlarni imkon qadar tezroq ishga tushirish muhimligini taʼkidlab, joriy yilda 400 MVt quvvatga ega fotoelektr stansiyalari va sement zavodini, qolgan 600 MVt quvvatlarni keyingi yil oxirigacha ishga tushirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga kelishib oldi.

 

Xitoy tomoni hududlarda energiya tizimlarini yana-da modernizatsiya qilish va “yashil” energiya ishlab chiqarish sohasida mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Kompaniyaning infratuzilmani rivojlantirish sohasida innovatsion ishlanmalarni qo‘llash doirasida maslahat va texnik yordam ko‘rsatishga tayyorligi taʼkidlandi.

 

Muzokaralar yakunida kelishuvlarni amalga oshirishning aniq mexanizmlari, ijrochilari va muddatlari aks etgan qo‘shma ishchi guruh tuzish va loyihalarni amalga oshirish dasturini ishlab chiqish masalasi kelishib olindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика