1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi boshlanadi

Magistral 3 davlatni Kaspiy dengizi portlari va undan keyin Yevropa bilan bog‘laydi.

Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi boshlanadi

 

Eng yirik loyiha sanalgan Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha temir yo‘l qurilishini boshlash ishlari joriy yilning kuzida amalga oshiriladi. Bu haqda Qirg‘iziston bosh vaziri A.Japarov maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, temir yo‘l qurilishi butun Markaziy Osiyo mintaqasining transport va tranzit salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Magistral Xitoy, Qirg‘iziston va O‘zbekistonni Kaspiy dengizi portlari va undan keyin Yevropa bilan, kelgusida esa Transafg‘on temir yo‘li orqali Pokiston portlari bilan bog‘lashi aytilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика