"Yaqin Sharq taraqqiyotning ulkan istiqboliga ega mintaqa, ammo u yerda hamon qurolli nizolar davom etmoqda. Urush cheksiz davom eta olmaydi, adolat abadiy yo‘qolmaydi va “ikki xalq - ikki davlat" tamoyilini o‘zboshimchalik bilan buzib bo‘lmaydi", — deya ta’kidladi Si Szinpin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy 1967 yildagi chegaralar doirasida to‘liq suverenitetga ega bo‘lgan va poytaxti Sharqiy Quddusda joylashgan mustaqil Falastin davlatining tashkil etilishini qo‘llab-quvvatlaydi.
"Biz Falastinning BMTga to‘laqonli a’zo davlat sifatida kirishini, shuningdek, tinchlikka erishish uchun kengroq ko‘lamli, samarali va yuqori darajadagi xalqaro tinchlik konferensiyasi o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlaymiz", — deya qo‘shimcha qildi XXR yetakchisi. Si Szinpindan so‘ng nutq so‘zlagan Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi xalqaro hamjamiyatni Isroilning Gʻazo sektoridagi urushni urushini to‘xtatishiga bosim o‘tkazishga chaqirdi.
"Xalqaro hamjamiyatni Gʻazoga zudlik bilan uzoq muddatli gumanitar yordam ko‘rsatishga, Isroil qamalini to‘xtatishga va falastinliklarni o‘z yerlarini majburan tark etishga majburlashga chek qo‘yishga chaqiraman", — dedi as-Sisi.


