Vashington strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi tahlilchilarining yangi tadqiqotiga ko‘ra, Pekin “huquqni muhofaza qilish amaliyoti” eʼlon qilishi va orol portlariga kirishni qisman yoki butunlay cheklab qo‘yishi mumkin. Bu Tayvanning iqtisodiy blokadasiga olib keladi. Buning uchun Xitoyda zarur kuchlar - ulkan qirg‘oq qo‘riqlash floti mavjud.
Bundan tashqari, bunday harakatlar blokada yoki urush harakati deb hisoblanmaydi va agar AQSH vaziyatga aralashsa, harbiy harakatlar tashabbuskori sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin. Mutaxassislarning fikricha, Tayvanning tashqi savdoga qaramligi ortib borayotganini hisobga olinsa, bunday ssenariy Xitoy uchun samarali bo‘lishi mumkin.


