Markaziy va Sharqiy Xitoyni qattiq sovuq qamrab oldi. Xabarlarga ko'ra, misli ko‘rilmagan yog‘ingarchilik va sovuq deyarli 20 ta viloyatda kuzatilmoqda.
Kuchli qor yog‘ishi tufayli bir qancha hududlarda ob-havoning sariq rangli ogohlantirishlari paydo bo‘ldi. Bir qator shaharlarda maktab o'quvchilari masofaviy ta'limga o'tkazildi. Sharqiy Xitoyda yuzlab sabzavot issiqxonalari qor bilan qoplangan. Endi ular maxsus jihozlar yordamida ularni isitishga harakat qilmoqdalar. Suchjou shahrida esa yuzdan ortiq avtomobil muzlagan hududda to‘qnashib ketishdi. Hozirda ko'pchilik xitoyliklar jamoat transportidan foydalanishmoqda.


