1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Xitoyda 125 million yil avval yashagan gigant chayon topildi

U 10 sm uzunlikda bo‘lgan.

Xitoyda 125 million yil avval yashagan gigant chayon topildi

 

Xitoyda olimlar tomonidan 125 million yil avval yashagan noyob chayonning toshga aylangan qoldiqlari topildi. Bu tur ilgari hech qachon uchramagan bo‘lib, tadqiqotchilar uni "Jeholia longchengi" deb nomladi.

 

Topilgan chayon o‘zining g‘ayrioddiy yirik hajmi bilan ajralib turadi. Uning uzunligi 10 santimetr bo‘lib, o‘sha davrda yashagan boshqa chayonlardan ancha kattaroq bo‘lgan. Qiyoslash uchun, o‘sha davrning ko‘pchilik chayonlari bundan kamida ikki baravar kichik bo‘lgan.

 

Tadqiqotchilar ushbu topilmani qadimgi ekotizimni tushunish va chayonlarning evolyutsiyasini o‘rganish uchun muhim deb baholamoqda. Bu kashfiyot nafaqat chayonlarning tarixiy rivojlanishi haqida yangi ma’lumotlar beradi, balki sayyoramizning uzoq o‘tmishidagi hayvonot dunyosi haqida ham qiziqarli sirlarni ochib berishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика