1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Xitoyda 500 mingdan ortiq odam toshqindan jabr ko‘rdi

Bir necha kundan beri yog‘ayotgan kuchli yomg‘irlar katta suv toshqinlariga olib keldi.

Xitoyda 500 mingdan ortiq odam toshqindan jabr ko‘rdi

 

Xitoy sharqidagi Szyansi provinsiyasida kuchli yomg‘irlar oqibatida 500 mingdan ortiq kishi jabr ko‘rdi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy zarar 670 million yuanga (97 million dollar) baholanmoqda. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi maʼlum qildi.

 

O‘tgan haftadan beri Xitoyning markaziy va sharqiy hududlarida yog‘ayotgan kuchli yomg‘irlar katta suv toshqinlariga olib keldi, ulardan faqat Szyansi provinsiyasida 536 ming kishi jabr ko‘rdi va 16 ming aholi evakuatsiya qilindi.

 

Hisobotga ko‘ra, Szyansi provinsiyasida (Sharqiy Xitoy) suv toshqinlari oqibatida yuzdan ortiq uy zarar ko‘rgan, 2,3 ming gektar maydondagi ekinlar vayron bo‘lgan. To‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy zarar 670 million yuanga (97 million dollar) baholanmoqda.

 

Kuchli yog‘ingarchilik tufayli mamlakatning 21 daryosida suv sathi xavfsiz ko‘rsatkichdan oshib ketdi.

 

Prognozga ko‘ra, 11-13 may kunlari bir vaqtning o‘zida Xitoyning janubiy hududlarida, jumladan, Guandun, Xaynan va Guansi-Chjuan avtonom tumanida kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

 

Xitoy Xalq Respublikasining suv toshqini va qurg‘oqchilikka qarshi kurash bo‘yicha davlat shtabi payshanba kuni kechqurun selga qarshi favqulodda choralar rejimi joriy etilganini eʼlon qildi.

 

Mahalliy hokimiyat organlari suv toshqini ehtimoli bo‘lgan hududlarda joylashgan aholini evakuatsiya qilish bo‘yicha profilaktika choralarini ko‘rmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика